Shuningdek, festivalning yopilish marosimida teatr direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan Belarus Respublikasi “Grodno viloyat qo‘g‘irchoq teatri” davlat madaniyat muassasasi direktori Oleg Olegovich Jyugjda, Xitoyning Rugao shahridagi “The Rugao Puppet Art Troupe” teatri direktori Chjоу Shenbin hamda “Ryazan qo‘g‘irchoq teatri” davlat avtonom madaniyat muassasasi direktori Konstantin Gennadyevich Kirillov bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri rejissyor Farhod Mirzayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ali Qushchi” spektakli bilan 21-25-may kunlari Qozogʻistonning Olmata shahridagi “Orteka” VII xalqaro qoʻgʻirchoq teatrlari festivalida ishtirok etmoqda.
Festivalning tantanali ochilish marosimida, madaniy chiqishlar hamda mahorat darslari, yetakchi aktyor va rejissyorlar ishtirokida davra suhbati ham o‘tkazildi.
Shuningdek festivalda Qozogʻiston, Gruziya, Turkiya, Oʻzbekiston va Ozarbayjon qoʻgʻirchoq teatrlarining eng yaxshi spektakllari mehmonlarga, bolalar va kattalar uchun taqdim etiladi.
Festival dasturiga koʻra, ishtirokchilar orasida birinchi boʻlib Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrida sahnalashtirilgan "Ali Qushchi" spektakli namoyish etildi.
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori F.Abdurayimov hamda teatr bosh rejissyori F.Mirzayevlarning joriy yilning 20 – 25-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsov nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib “ИСТОКИ” xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar festivalida mehmon teatr sifatida ishtirok etishdi.
Ushbu festival mobaynida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Moʻgʻuliston davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Bayanzul Zagarjav bilan hamda Meksika “Mil Restros” teatri direktori Fernando Gurrola tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Ayni damda Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriyati mehmon sifatida ishtirok etgan S.V.Obrasov nomidagi davlat akademik qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtayotgan "ИСТОКИ" festivali ham yakunlanmoqda.
Ushbu festival mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Meksika "Mil Restros" teatri direktori Fernando Gurrola tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi.
26.09.2024-yil
26.09.2024-yil
06.09.2024-yil
16.05.2024-yil
06.09.2023-yil
15.07.2023-yil
25.06.2023-yil
24.03.2023-yil
10.02.2023-yil