Xalqaro festivallar
Buyuk alloma Ali Qushchi hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan spektakl xalqaro festivalda namoyish etildi
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri 11-sentyabrdan 18-sentyabrga qadar Rossiyaning Ryazan shahrida o‘tkazilgan “Ryazanskiye smotrini” XX xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida munosib ishtirok etdi. 

Festival doirasida Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Kongo, Eron, Qozog‘iston, Braziliya, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarning teatr jamoalari o‘z spektakllarini namoyish etishdi.

Festival yakunida teatr jamoalari “Eng yaxshi spektakl”, “Eng yaxshi aktyorlik ishi”, “Eng yaxshi rejissyor ishi”, “Eng yaxshi rassom ishi” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandi. Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri esa “Eng yaxshi aktyorlik ishi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Shuningdek, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri Rossiyaning Ryazan shahrida o‘tkazilgan “Ryazanskiye smotrini” XX xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivali doirasida xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama tajriba almashinuvi, qo‘shma ijodiy loyihalar va yangi spektakllar sahnalashtirishni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, festivalning yopilish marosimida teatr direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan Belarus Respublikasi “Grodno viloyat qo‘g‘irchoq teatri” davlat madaniyat muassasasi direktori Oleg Olegovich Jyugjda, Xitoyning Rugao shahridagi “The Rugao Puppet Art Troupe” teatri direktori Chjоу Shenbin hamda “Ryazan qo‘g‘irchoq teatri” davlat avtonom madaniyat muassasasi direktori Konstantin Gennadyevich Kirillov bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Batafsil saytda
“Ali Qushchi” spektakli Qozogʻistonning “Orteka” VII xalqaro qoʻgʻirchoq teatrlari festivalida

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri rejissyor Farhod Mirzayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ali Qushchi” spektakli bilan 21-25-may kunlari Qozogʻistonning Olmata shahridagi “Orteka” VII xalqaro qoʻgʻirchoq teatrlari festivalida ishtirok etmoqda.


Festivalning tantanali ochilish marosimida, madaniy chiqishlar hamda mahorat darslari, yetakchi aktyor va rejissyorlar ishtirokida davra suhbati ham o‘tkazildi.


Shuningdek festivalda Qozogʻiston, Gruziya, Turkiya, Oʻzbekiston va Ozarbayjon qoʻgʻirchoq teatrlarining eng yaxshi spektakllari mehmonlarga, bolalar va kattalar uchun taqdim etiladi.


Festival dasturiga koʻra, ishtirokchilar orasida birinchi boʻlib Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrida sahnalashtirilgan "Ali Qushchi" spektakli namoyish etildi.

Batafsil telegramda
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriyati S.V.Obrazov nomidagi davlat akademik qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtayotgan "ИСТОКИ" festivalida mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori F.Abdurayimov hamda teatr bosh rejissyori F.Mirzayevlarning joriy yilning 20 – 25-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsov nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib “ИСТОКИ” xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar festivalida mehmon teatr sifatida ishtirok etishdi.

Ushbu festival mobaynida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Moʻgʻuliston davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Bayanzul Zagarjav bilan hamda Meksika “Mil Restros” teatri direktori Fernando Gurrola tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Batafsil telegramda
Made on
Tilda